Bugun Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti Ra’no To‘raxo‘jayevaning  tug‘ilgan kuni.

    Ra’no To‘raxo‘jayeva 1943-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. 80 yoshni qarshi olgan olima 50 yildan buyon bir qator tashkilotlarda va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

    

    Samarqand davlat universiteti
    Faxriylar kengashi