“Referendum va yoshlar” targ’ibot tadbirlari davom etmoqda...
Samarqand davlat universitetida “Referendum va yoshlar” targ’ibot tadbirlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unda keltirib o‘tilgan fuqarolarning taʼlim olish va sohaga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlangan mazkur tadbirda SamDU ning kimyo, matematika, Muhandislik fizikasi instituti, intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining 1000 dan ziyod yoshlari ishtirok etdi.
Shuningdek, bir qator professor-o‘qituvchilar va talabalar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.