Samarqand davlat universiteti “Kimyo” va “Biologiya” fan olimpiadasining viloyat bosqichi o’tkazildi…
Fan olimpiadasida tuman va shahar bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan 48 nafardan jami 96 o’quvchi ishtirok etdi.
Imtihon ikki bosqichda o’tkazilib, birinchi turda 5 topshiriqdan iborat yozma ish olindi. Ikkinchi bosqich amaliy tarzda bo’lib, o’quvchilar laboratoriya ishini bajardi.
Baholash mezoni har bir topshiriq uchun 50 balldan, jami 100 ball etib belgilandi. Imtihon videokuzatuv kameralari ostida adolatli va shaffof tarzda o’tkazildi.
Ushbu fan olimpiadasida eng yuqori ballni qo’lga kiritgan 10 nafardan jami 20 o’quvchi OTM bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.