Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti o’qituvchi va talabalari ishtirokida shu mavzuda davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda O‘zRFA Davlat va huquq instituti direktori, Murodjon Turg‘unov hamda professorlar  Mirodil Baratov, Nig’monjon Azizovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Tadbir ishtirokchilari “Inson huquq va erkinliklarini himoya  qilish davlatning  - konstitutsiyaviy burchi”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va tartib-taomillar” mavzusida ma’ruza qildi.

    Tadbir so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi…

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.