Samarqand davlat universitetida “OITS ga birgalikda kurashamiz” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi…
Unda OITS ga qarshi kurashish markazi xodimlari, vrach epidemiolog Zubaydullo Yoqubov hamda vrach terapevt Gulbahor Qurbonovalar ishtirok etib, tinglovchilarga kasallik manbayi, orttirilgan immunitet tanqisligi virusi va sindromiga qarshi profilaktika choralari hamda infeksiya yuqishining oldini olish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati