O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, 

"El-yurt hurmati"  ordeni sohibi,

Samarqand davlat universiteti professori M. Q. Muhiddinovga! 


    Hurmatli Muslihiddin Qutbiddinovich! 
    Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. 
    Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va ijodiy ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman. 
    Siz butun umrini ilm-fanga bag‘ishlagan ziyoli, ma’rifatparvar insonsiz.  Sizning ma’naviyat, ezgulik, insoniylik olamingizdan bahramand bo‘lgan  minglab yoshlar, yuzlab shogirdlaringiz Vatanimiz taraqqiyoti, rivoji,   yo‘lida chin yurakdan mehnat qilmoqda. 
    Sizning hayot yo‘lingizning yana bir ibratli tomoniga e’tibor qaratmoqchiman. Siz Samarqand davlat universitetini chin qalbdan yaxshi ko‘rasiz. Uning shon-shuhrati uchun kerak bo‘lsa kurashasiz.  Ona universitetimiz bilan haqli ravishda faxrlanasiz. Men Sizdagi bu fidoyilikni, noyob fazilatni barchaga ibrat qilib, ko‘rsataman.  Doimo sog‘ bo‘ling. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Jonajon universitetimizni yanada yuksaltirish borasida Sizning fikr va mulohazalaringiz, maslahatlaringiz biz uchun qadrli. 
    Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin. Hamisha Allohning panohida bo‘ling.. 


Rustam Xolmurodov

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.