Chunki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarimizning qishloq va ovullaridan tortib, poytaxtimiz mahalla va ko‘chalaridagi ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘ryaptilar", - dedi Prezident.

    Birgina misol, o‘tgan yildan boshlab “Ochiq byudjet” tizimi joriy etilgani qishloq va mahallardagi oddiy-oddiy odamlarimiz kayfiyatiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatganini hammamiz ko‘rib, bilib turibmiz.

    Lekin, odamlarimizning o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun hozirgidan ko‘ra ikki karra ko‘p ishlarni bajarishimiz kerak.

    Mamlakatimizda kambag‘allik borligi tan olinib, alohida dasturlar asosida uni qisqartirish bo‘yicha katta ish olib borilmoqda.

    Shu maqsadda aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromadini oshirish borasida “uchta daftar”, ijtimoiy reestr tizimi yo‘lga qo‘yilib, salmoqli natijalarga erishildi. 

    "Asosiysi, fuqarolar islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Lekin, hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.

    Bu borada odamlarimiz yangilangan Konstitutsiyadan, biz joriy etayotgan yangi tizimdan ko‘p narsalarni kutmoqda. Aholimizga munosib turmush sharoitlarini yaratish uchun, eng avvalo iqtisodiy o‘sishni ta’minlash zarur. 

    Yalpi ichki mahsulotimiz hajmini hozirgi 80 milliard dollardan yaqin yillarda 160 milliard dollarga yetkazish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak. Bu – aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 4 ming dollarga yetadi, degani. 

    Biz bundan buyon ham xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’murchiligini yanada soddalashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish borasidagi ishlar jadal davom ettiriladi.

    Hukumatga 1-avgustga qadar davlat o‘ziga olgan har bir yangi majburiyat bo‘yicha ularning mablag‘lari, ijro mexanizmlari, bu masalada mas’ul vazirlik va hokimliklar aniq ko‘rsatilgan alohida dastur ishlab chiqib, parlamentga kiritish topshirildi.