Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Ergash Oripovning tug‘ilgan kuni.
Kimyo fanlari nomzodi Ergash Oripov 1950-yil Toyloq tumanida tug’ilgan. 73 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi