Bolalarga tilak va tabrik
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/647961a3e9345-647961a3e9348-647961a3e9349-647961a3e934a.jpg)
Bugungi kun emas, har bir lahza Sizniki bo‘lishini istayman.
Vatan ham, uning tog‘lari, bog‘lari, tarixi va buguni ham Sizniki. Quyoshi, oyi, bahori, yozi Sizniki.
Faqat bir tilagim - yaxshi o‘qinglar. Bilimli va bilimsiz insonning Vatanni sevishida yer bilan osmoncha farq bor.
O‘zbekiston - bilimli va isteʼdodli bolalar mamlakati. O‘zbekiston - baxtli bolalar mamlakati.
Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan ota-onalarga, bobo-buvilarga istagim - farzandlaringizga ko‘proq vaqt ajrating. Ularning salomatligi, taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborli bo‘ling. Olimlar oilasidan olimlar yetishib chiqsin.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.