Samarqand davlat universitetiga Yaponiyaning Soka universiteti prorektori Tanaka Ryohei va xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Takahashi Shinsakular tashrif buyurdi.

    Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor  Akmal Axatov uchrashdi.

    Tashrifan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida ekologiya va muhandislik yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishdir.

    Muzokaralar davomida hamkorlikda ilmiy loyihalar bajarish, darslik va kitoblar nashr etish masalalari bo’yicha so’z yuritildi.

    Shuningdek, har o’quv yilida talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish masalalariga alohida to’xtaldi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.