Samarqand davlat universiteti Malayziyaning INTI xalqaro universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatadi…
Samarqand davlat universitetiga Malayziyaning INTI xalqaro universiteti professori Lai Yin Ling tashrif buyurdi. Xorijlik olim bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi.
Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish.
Muloqot davomida Lai Yin Ling Malayziyaning INTI xalqaro universiteti va uning faoliyati to’g’risida taqdimot qildi.
Uchrashuvda tomonlar o’rtasida tadqiqotlar olib borish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha so’z yuritildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.