Mazkur fan olimpiadasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz platformasi orqali ro’yxatdan o’tgan 50 ga yaqin talabalar qatnashdi.

    Olimpiada ikki bosqichda o’tkazildi.

    Ishtirokchilar birinchi bosqichda 50 savoldan iborat testda bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Har bir to’g’ri javob bir balldan baholandi. Talabalarning 1-tur bo'yicha olgan ballari to'g'risidagi ma'lumot test yakunlangandan so'ng, 1 soat ichida olimpiada.edu.uz elektron platformasiga joylandi. Shuningdek, 1-tur bo'yicha test savollariga 70% to'g'ri javob bergan talabalar (50 balldan 35 ball to'plasa) keyingi 2-tur bosqichiga o'tkazildi.

    Ishtirokchilar ikkinchi bosqichda laboratoriya mashg'ulotlarini bajardi. Topshiriq uchun 120 daqiqa vaqt ajratildi.  Amaliy qismda har bir fan bo'yicha 1 topshiriq berildi va 50 ballik baholash tizimida baholandi.

    Olimpiada shaffoflikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv kamerasi orqali yozib olindi.

    Yakuniy natijalarga ko’ra quyidagi talabalar yuqori o’rinlarni qo’lga kiritib, magistraturaga davlat granti asosida o’qishga kirish imkoniyatiga ega bo’ldi:

1-o’rin – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Sohibjamol Mirzakandova;

2-o’rin – Samarqand davlat universiteti talabasi Dilshod Sharipov;

3-o’rin – Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Sarvar Amirov.

    Shuningdek, olimpiadada faol ishtirok etgan talabalar Samarqand davlat universitetining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.