Samarqand davlat universitetida o’tkazilgan “Start-up” loyihalari tanlovi ishtirokchilari taqdirlandi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan SamDU da eng yaxshi “Start-up” loyihalar tanlovi e’lon qilingan edi.
Ushbu tanlovda ishtirok etgan bir qator iqtidorli talabalarni SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Hakim Xushvaqtov taqdirladi.
Har bir yo’nalish bo’yicha tanlov g’oliblariga universitet rektorining faxriy yorlig’i hamda 1-o’rin uchun – 5mln., 2-o’rin uchun 3 mln., 3-o’rin uchun 2 mln. miqdorda pul mukofotlari topshirildi.
IT sohasidagi “Start-up” loyihalar yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin – “Thuma.uz” loyihasi uchun matematika fakulteti talabasi Otabek Esanov;
2-o’rin “Smart osma ukol” loyihasi uchun intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti talabasi Jahongir Temirov;
3-o’rin “AutoHelp” loyihasi uchun matematika fakulteti talabasi Quvonchbek Saydullayevlar taqdirlandi.
Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi “Start-up” loyihalar yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin – “Robot-HP” loyihasi uchun matematika fakulteti Toshtemir Abdurahmonov;
2-o’rin – “Eritma muhitini ekspres aniqlovchi pH-sensorlar ishlab chiqish” loyihasi uchun kimyo fakulteti talabasi Kamronbek Safarov;
3-o’rin – “Qishloq xo’jaligiuchun Gerbisidlar ihlab chiqarish maqsadida ayrim 3d-metallarning triazin hosilalari va aminokislotalari bilan aralash ligadli kompleks birikmalari sintezi va tadqiqoti” loyihasi uchun kimyo fakulteti talabasi Gulbeka Mamatovalar taqdirlandi.
Qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiya sohasidagi “Start-up” loyihalar yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin – “Samarqand viloyati sharoitida tikansiz maymunjon yetishtirish texnologiyalari” loyihalari bo’yicha SamDU 1-kurs tayanch doktoranti Noila Jumaqulova;
2-o’rin – “Samarqand viloyati sharoitida Bamiya yetishtirish texnologiyasini joriy etish” loyihasi uchun biologiya fakulteti magistranti Munira Axadova;
3-o’rin – “Halocnemum strobilaceum (Pall) Bieb o’simligi endofit bakteriyalari istiqbolli shtamlari asosida mikrob preparati yaratish va amaliyotga joriy etish” loyihasi bo’yicha biologiya fakulteti talabasi Dilnoza Mahamadiyevalar taqdirlandi.
Shuningdek, Turkmanistonning Ashxobod shahrida o’tkazilgan OMOUS-23 xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, kumush va bronza medalni qo’lga kiritgan matematika fakulteti magistranti Davlat Kamoliddinov hamda talaba Bobmurod Abdurahmonovlar taqdirlandi.
Qolaversa, ushbu talabalarni olimpiadaga tayyorlaganligi uchun o’qituvchi Rayhonbek Eshbekovga tashakkurnoma va esdalik sovg’alar topshirildi.
Tadbir yakunida SamDU talabalari uchun “Start-up” loyihalari tanlovini keng targ’ib etish bo’yicha taklif va mulohazalar ko’rib chiqildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.