Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi, Koreyaning Cheonggu arxeologik tadqiqot instituti va Yeroosiyo madaniy jamiyati tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoning tarixdan oldingi madaniyati haqida tushuncha” nomli xalqaro konferensiya o’tkazildi.

    Onlayn shaklda o'tkazilgan anjumanda SamDU tarix fakulteti dekani, professor Dilfuza Jo’raqulova “O’zbekiston paleolit davri arxeologiyasi”, arxeologiya kafedrasi professori Youn Myung Chul “Yevroosiyo tarixiy madaniyatini o’rganish bo’yicha takliflar”,  arxeologiya kafedrasi mudiri, dotsent Odil Ergashev “Markaziy Osiyo tosh davri ustaxonalari”, doktorant G’ayrat Maxamadiyev hamda magistrant Alisher Jabborov “Dabusiya Buyuk Ipak yo’li ustidagi shahar xarobasi” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Samarqand davlat universiteti

     Axborot xizmati.