Samarqand davlat universiteti professori,
    taniqli olim, tajribali pedagog
    Mahmud Lutfullayevga!

    Hurmatli Mahmud Hasanovich!

    Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy tabriklayman.

    Yetmish yosh umrni donishmandlik faslining boshlanishidir.

    Ulkan hayot tajribasiga ega,  ilmiy maktab ko‘rgan olimsiz. Sizni fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim va qadrlidir.

    Siz Samarqand davlat universitetida axborot texnologiyalari fani rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Universitetimizda ushbu sohaning taraqqiyotini Sizning mashaqqatli mehnatlaringizsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

    Ilmiy-pedagogik faoliyatingiz davomida 3 fan nomzodi tayyorladingiz. O‘nlab yoshlarga katta hayot yo‘lini ko‘rsatdingiz.

    Monografiyalar,  darslik va  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalaringiz nashr etilgan.

    Siz fidoyi olim, zahmatkash ustoz sifatida mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi oldida ham katta hurmat-eʼtiborga egasiz.

    SamDU professor-o‘qituvchilari Siz bilan haqli ravishda faxrlanadi.

    Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman.

    Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.

 

Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.