Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kiritib qo’yish bilan bog’liq firibgarlik holatlarni oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi…
Samarqand davlat universitetida o’tkazilgan ushbu tadbirda o’quv ishlari bo’yicha prorektorlar Ahmadjon Soliyev, Rustam Yo’ldoshev, boshqarma va bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va dekan o’rinbosarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirok etdi.
Yig’ilishda o’qishga kiritib qo’yish bilan bog’liq firibgarlik holatlarni oldini olish bo’yicha so’z yuritilib, mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.