Monografiya: “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash”
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/64a316f919fa7-64a316f919faa-64a316f919fab-64a316f919fac.jpg)
Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi o'qituvchisi (PhD) Gulmera Keldiyorovaning “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash” nomli monografiyasi nashr etildi...
Mazkur monografiya “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’siri” fanidan yuzaga kelgan va shakllantirilgan yo‘nalishlarning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan. Unda atmosfera havosining ifloslanishining asosiy maummolari, korxonalardagi mavjud chang-gaz tozalash uskunalarining ish samaradorligini oshirish, urbanizatsiya, korxonalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash, ularni muhofaza qilish choralari atroflicha yoritilgan.
Ushbu monografiyada sanoatda hosil bo‘ladigan oqova suvlariga qo‘yiladigan talablar, chiqindilarni joylashtirish va utillashtirish, shaharlarda transport hamda aholi punktlarining ijtimoiy-ekologik muammolari, aholining ekologik madaniyati, ishlab chiqarish hududini ko‘kalamzorlashtirish, sanoat korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish tartibi va amaliy ishlar ko‘lami tegishli dalillar hamda ma’lumotlar asosida bayon qilingan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.