Samarqand davlat universitetida KOICA va Koreya kimyo-texnologiyalar tadqiqot instituti (KRICT) vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi…
Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) tomonidan kimyo sohasida magistratura va doktorantura yo'nalishlarida grant asosida ta'lim olish uchun iqtidorli nomzodlarni tanlab olish rejalashtirilgan.
Samarqand davlat universitetida ushbu loyiha doirasida mazkur tanlovlarni samarali va keng qamrovda tashkil etish maqsadida KOICA va Koreya kimyo-texnologiyalar tadqiqot instituti (KRICT) vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Grant asosida o'qishni tamomlagan talabalar yangi tashkil etilayotgan Koreya-O'zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida o'z faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.