Samarqand davlat universiteti olimlari Xo‘jamazgil manzilgohida arxeologik tadqiqotlar olib bormoqda…
Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri, PhD Odil Ergashev boshchiligida Bulung‘ur tumani Mo‘llato‘p qishlog‘idagi Xo‘jamazgil-2 manzilgohida arxeologik tadqiqot ishlari boshlandi. Qazishma ishlariga Samarqand arxeologiya institutining tadqiqotchilari hamrohlik qilmoqda.
Kuzatuv natijalasida 200 ga yaqin kremniy, xalsedon xomashyosidan tayyorlangan asosan neolit davriga (bundan 8-6 ming yillar oldingi) oid bo‘lgan tosh buyumlar topildi. Dastlabki tadqiqot uchun hududda 2 hajmda 2 ta birlamchi arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda. Yodgorlik hududi ekspeditsiya a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilganda 4 dona so‘nggi paleolit davriga oid (bundan 40-12 ming yillar oldingi) tosh buyumlar ham aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan artefaktlar yodgorlikning mohiyatini ochib berish bilan birga, mintaqa arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun istiqbolli hudud ekanligidan darak beradi. Tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xo‘jamazgil manzilgohidan dastlab 1980-yillarda arxeolog Negmat Toshkenboyev so‘nggi paleolit davriga oid materiallar topgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.