Samarqand davlat universitetida tarix, iqtisodiyot, psixologiya va filologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

    Imtihonda 5 ta fandan abituriyentlar bilimi sinovdan o‘tkazildi. Har bir fan uchun abituriyentlar 40 daqiqa ichida yozma va og‘zaki tarzda 5 tadan savolga javob berdi.

    Shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihonlar www.camera.samdu.uz  sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Shuningdek, abituriyentlarga hamrohlik qilayotgan ota-onalarga alohida xona ajratilib, jarayonlarni jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

    - Qizim filologiya yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan. Aka-opalariga havas qilib, Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirishni niyat qilgan, - deydi abituriyentlar dan birining onasi To‘linoy Xushmurodova. – Imtihonlarga astoydil tayyorlandi. Bir qadam qoldi, nasib bo‘lsa, talaba bo‘ldi. Imtihon jarayonlarni jonli kuzatib turibman, hammasi ko‘ngildagidek, adolatli tarzda o‘tmoqda. Eng quvonarlisi, natijalar bugun e’lon qilinishi, imtihon shaffof tarzda o‘tkazilayotganligidan darak beradi.  Tashkilotchilarga minnatdorligimni bildiraman.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.