2023-yil 4-avgust. Test jarayonlarining 4-kuni...
Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari va mas’ul xodimlaridan iborat volontyorlar guruhi Ibn Sino ko’chasida joylashgan test sinovlari o’tkazilayotgan binoga borib, abituriyent va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, ijtimoiy so’rovnoma o’tkazib, yaratilgan shart-sharoitlar va jarayonlar haqida qiziqishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati