Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari markazi 2023-2024 o’quv yili uchun quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha to’lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish muddati 10- sentabrga qadar uzaytirildi.
BAKALAVRIAT
- 60220300 - Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60310800 - Xalqaro munosabatlar
MAGISTRATURA
- 70211004 - Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash
- 70310801 - Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
- 70320301 - Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik
- 70411401 - Inson resurslarini boshqarish
- 70530901 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 70310901 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
- 70510103 - Biotexnologiya
- 70610701 - Sun’iy intellekt
- 70530402 - Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha)
- 70710402 - Ekologiya (yaylov ekologiyasi)
- 70711501 - Mexatronika va robototexnika
- 70711801 - Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha)
Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari markazi AQSh, Belorus, Koreya, Xitoy, Rossiya davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. Qo’shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan talabalar ikkita universitetning diplomlariga ega bo‘ladi.
Bu oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatlar demakdir!
Hujjatlar https://fiep.admission.samdu.uz sayti orqali online qabul qilinadi.
Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun SamDU xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori Sardor Umarovga murojaat qiling: +998 91 525 25 89