Prorektorlar va professor-o’qituvchilar uchrashuvi…
Samarqand davlat universiteti prorektorlari Ahmadjon Soliyev, Shuhrat Umidullayev va Rustam Yo’ldoshevlar fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda tyutorlar bilan yig’ilish o’tkazdi. Kun tartibida yangi baholash mezoni, fanlardan mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlab chiqish, Hemis platformasida talabalarning mustaqil ta’limi, darsdagi faollikni baholash tartibi va universitetning ichki-tartib qoidalari haqidagi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, o’qituvchi va talabalar oldidagi vazifalar haqida alohida so’z yuritilib, kerakli tavsiya va fikrlar bildirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.