Xitoyda o‘tkazilayotgan  “Ipak yo‘li universitetlari assotsiasiyasi” ning yig‘ilishida  Siʼan Jiatong universitetining prezidenti, professor WANG Shuguo Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi  Rustam Xolmurodovga Siʼan Jiatong universitetining Faxriy professori unvonini topshirdi...

    Xitoyning Sian Jiaotong universiteti  2015-yil yanvar oyida  “Ipak yo‘li universitetlari assotsiatsiyasi” ittifoqini tuzish tashabbusini ilgari surgan.

    2015-yil 22-may kuni Sian shahrida “Ipak yo‘li universitetlari assotsiatsiya”  tashkil etildi.  Sian deklaratsiyasi qabul qilindi. Assotsiatsiyaga hozirga qadar 37 mamlakatdan 150 dan ortiq universitetlar aʼzo hisoblanadi. Samarqand davlat universiteti mazkur tuzilmaga 2018-yilda aʼzo bo‘lgan...

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.