Xalqaro hamkorlik...
Samarqand davlat universitetiga Polshaning Yagellon universiteti xalqaro hamkorlik bo'limi xodimi Gzel Agnishka tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Erasmus+ K171 almashinuv dasturi asosida SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, institut va fakultetlarning xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosarlari, ilmiy xodim va doktorantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Gzel Agnishka Yagellon universiteti
faoliyati, xorijiy professor-o'qituvchi va talabalar almashinuvi hamda stependiya, grantlar tog'risida taqdimot qildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.