Fanimiz fidoyilari: Professor Xidir Botirov
Xidir Batirov - Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professori, qishloq xo’jaligi fanlari doktori. Olim faoliyati davomida 9 monografiya, 12 darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, 500 ga yaqin maqola jumladan, Scopus, Web of Scince va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda ilmiy hamda 1000 dan ortiq ommabop maqolalari e’lon qilgan.
Bundan tashqari 30 ga yaqin risola hamda to‘plamlar muallifi, 2001-2005 yillarda “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha OAK eksperti bo’lgan. 5 nafar fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.