Samarqand davlat universitetida “Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi…
11-fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni. Shu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida 13-fevral sanasida “Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi respublika anjumani o‘tkaziladi.
Konferensiyaning maqsadi olima va iqtidorli xotin-qizlarning o‘rni, erishilgan ilmiy yutuqlarni muhokama qilish hamda bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar faoliyatini targ‘ib qilish va rag’batlantirishdan iborat.
Mazkur anjumanda Samarqand davlat universitetining barcha talaba qizlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shimcha ma’lumot uchun SamDU olima ayollar uyushmasi raisi, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti Gulmira Keldiyorovaga murojaat qiling. Murojaat uchun tel.: +99897 406 52 86
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.