Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi…
Tadbirda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2023-yilgi ijrosi yuzasidan umumiy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada 51 nafar delegat ishtirok etdi. Anjumanni SamDU Faxriylar kengashi raisi, professor Suyun Karimov olib bordi.
Anjuamnda SamDU boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, dotsent Shavkat Maxmatmuradov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Rustam Yo‘ldoshev va taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida jamoa shartnomasining 2023 yilgi ijrosiga qoniqarli deb baho berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.