O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
rektori A.Sh. Bekmurodovga!

Hurmatli Adham Sharipovich!


    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman. Yaxshilar va yaxshiliklar hamrohingiz bo‘lsin.
    Siz mamlakatimizda iqtisodiyot fanining rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli olim, bank va moliya akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tajribali tashkilotchi sifatida alohida hurmat va e’tiborga sazovorsiz.
    Siz juda ko‘p sohalarni bir nuqtada birlashtirganingiz bilan ham xalqimiz, soha xodimlari e’tirofiga sazovor bo‘lgansiz.
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Bank-moliya akademiyasi rektori, “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari va bugungi kunda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotganingiz fikrimizning yorqin dalilidir.
    Siz qayerda, qaysi lavozimda bo‘lsangiz ham o‘sha soha taraqqiyoti va yuksalishiga katta hissa qo‘shgansiz. Buni nafaqat men, balki jamoatchilik haqli ravishda tan oladi va qadrlaydi.
    Siz iqtisod fanlari doktori, professor sifatida ham o‘nlab, yuzlab fan nomzodlari va doktorlari tayyorlash va o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha ilmiy maktab yartaganingiz ham olimlar va soha xodimlari tomonidan doimo ta’kidlab kelinadi.
    Qadrli Adham Sharipovich!
    Oltmish yosh umrning katta tajriba to‘plangan, donishmandlik faslining boshlanishidir. Hayotdan olgan saboqlardan xulosalar chiqarish imkoniyatidir. Yangi-yangi umr dovonlarini zabt etishning boshlanishidir.
    Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.

 

Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.