Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetida Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sibir davlat pedagogika universiteti professorlari Tatyana Kulagina, Vladimir Kulagin va SamDU professori Ergash Qobilov talabalarga O‘zbekiston o‘rmonlari, qishloq xo‘jaligi yerlari va yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va ularga qarshi kurashishga qaratilgan qator texnologiyalar haqida so‘zlab berdi. Uchrashuvda tabiatni asrash, atrof-muhit ekologiyasiga e’tibor qaratish mamlakatimiz aholisi uchun naqadar muhimligi xususida fikr almashildi.

    Ma’lumot uchun, Xalqaro Yer kuni BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida tasdiqlangan va har yili 22-aprel kuni dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida nishonlanadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.