Samarqand davlat universiteti talabalari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi ijodkorlari o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Adabiy kechada yurtimizda adabiyotga berilayotgan yuksak e’tibor, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, adabiy an’analar va ijod sirlari haqida so‘z bordi.

    Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoir va tarjimon, publitsist Toshpo‘lat Tugalov hamda "Ijod yo‘li" gazetasi bosh muharriri, shoir Muhammad Rizoning yoshlarga qaratilgan samimiy tilaklari va otashin she’rlari yangradi.

    Qizg‘in mushoira, bahslar ruhida kechgan uchrashuv so‘ngida ijodkorlar tomonidan talabalarga kitoblar sovg’a qilindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.