Akademiklar Samarqand davlat universitetining iqtidorli talabalari bilan uchrashdi...
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori, akademik Qalandar Abdurahmonovlar SamDU iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tadbirni kirish so‘zi bilan ochdi.
Akademiklarimiz so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati kabi masalalarga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, o‘zlari bosib o‘tgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari haqida hikoya qilishdi. Bugun yurtimizda kechayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar haqida so‘z yuritdi.
Samarqand davlat universiteti, professor-o‘qituvchilari faoliyatiga yuqori baho berishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.