Samarqand davlat universiteti Anqara Boyazid Yildirim universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi...

Samarqand davlat universitetiga Anqara Boyazid Yildirim universiteti rektori, professor Ali Cyengiz Ko‘seog‘lu boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi , Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda tomonlar o‘rtasida hamkorlikning yangi ufqlari muhokama qilindi. Muhandislik fizikasi, huquqshunoslik, tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishildi. Uchrashuv so‘ngida hamkorlik memorandumi imzolandi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar