Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov SamDU da faoliyat ko‘rsatayotgan fidoyi kutubxonachilarni ushbu bayram munosabati bilan muborakbod etdi.

    Ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir qator xodimlar e’tirof etilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

    Ma’lumot uchun SamDU kutubxonasi umumiy fondida 3.794575 nusxa, 637453 nomda va 525380 elektron kitob mavjud.

    Ilmiy axborot-resurs bosh markazi o‘zining milliy elektron kutubxona boshqaruv tizimi        https://e-libadmin.samdu.uz/, https://e-library.samdu.uz/ platformasini ishlab chiqgan bo‘lib, hozirgi vaqtda uzliksiz foydalanilib kelinmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.