Qabul 2024. Samarqand davlat universitetida dizayn (kompyuter grafikasi, badiiy foto), cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular) yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda. 

    Abituriyentlar ikki bosqichda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda.

    Imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jamoatchilik vakillari jalb etilgan.

    Ota-onalar uchun alohida xonalar tashkil etilib, jarayonlarni jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

    Imtihon komissiya aʼzolari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining malakali mutaxassislaridan iborat.

    Maʼlumot uchun, imtihon natijalari bugun samdu.uz sayti orqali eʼlon qilinadi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.