SamDU talabalari Rossiya oliy ta’lim muassasalarining diplomiga ega bo’lishdi…
Samarqand davlat universitetida 2019-yilda Xalqaro ta’lim dasturlari markazi tashkil etilgan edi. Mazkur markazda talabalar 2+2 qo’shma ta’lim dasturlari asosida turli davlatlarda tahsil olib kelmoqda. Bugungi kunga qadar 150 ga yaqin bitiruvchilar ikki tomonlama qo’sh diplomga ega bo’lishdi.
2023-2024-o’quv yilida Rossiyaning OTM bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlari asosida 38 nafar talaba xorijiy OTMning diplomlarini olishdi.
Jumladan, 14 nafar talaba Tomsk davlat universitetining va 24 nafari “Stankin” Moskva davlat texnologiyalari universitetining diplomlariga ega bo’ldi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.