Samarqand davlat universiteti magistraturasiga 2024/2025 o'quv yiliga qabul qilinganlar diqqatiga!
Magistratura markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi:
1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha oxirgi 3 yilda o‘qib tugatganlar uchun) va uning ilovasi;
3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;
4. Til bilish sertifikati (asl nusxasi);
5. Pasport asl nusxasi, (pasport nusxasi 3 nusxada);
6. Imtiyoz haqida ma’lumot (mavjud bo‘lsa).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (66) 239-12-31.
Samarqand davlat universiteti
Magistratura markazi.