Tadbirda Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov, xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori Sardor Umarov, professor-o‘qituvchilar va bitiruvchilar ishtirok etdi.
    Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari markazida shu kunga qadar 8 xorijiy davlatning 11 oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 13 bakalavr va 10 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2023-2024-o‘quv yilida 42 nafar bakalavriat va 2 nafar magistratura talabalari o'qishini muvaffaqiyatli tamomladi.
    Marosimda Xitoyning Shaansi Normal universiteti bilan tashkil etilgan tarix, STANKIN Moskva davlat texnologiya universiteti bilan tashkil etilgan texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) va materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) qo‘shma ta’lim dasturlarini tugatgan 27 nafar talabalarga hamkor oliy ta’lim muassasasi va Samarqand davlat universitetining diplomlari topshirildi.

    Samarqand davlat universiteti
     Axborot xizmati