Samarqand davlat universitetiga Hindistonning Roorke texnologiya instituti direktori professor Kumar Pant boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda gidrologiya va gidrogeologiya yo'nalishlarida qo'shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi. Professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvi, magistrant va tadqiqotchilarga rahbarlik qilish, xalqaro anjumanlar tashkil etish hamda nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishga kelishildi.

    Uchrashuv so’ngida tomonlar o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.