Istanbul universiteti huzuridagi Turkologiya institutining tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan X Xalqaro Turkologiya Kongresi bo'lib o'tmoqda.

Nufuzli ilmiy anjumanda filologiya fanlari doktori, mashhur turkolog-olim Jo'liboy Eltazarov ishtirok etmoqda. Universitetimiz vakili birinchi yalpi majlisda “Markaziy Osiyo respublikalarida Turkologiyaga oid tadqiqotlar” mavzusida ma’uza qildi.

Eslatib o’tamiz, SamDU bilan qardosh universitet maqomida bo’lgan mashhur oliy ta’lim dargohi, ya’ni Istanbul universiteti huzuridagi Turkologiya instituti 1924-yilda ulug’ yo’lboshchi Mustafo Kamol Otaturkning tashabbusi bilan qurilgan. O’tgan bir asrda bu institut dunyodagi Turkiy tamaddunni, shu jumladan, o'zbek tili va madaniyatini o'rganish ishiga katta hissa qo'shdi. Jumladan, bu institutning direktori lavozimida ishlagan mashur Turk olimi Kemal Eraslan tarafidan Alisher Navoiy asarlarining 21 jildlik to'plami nashr qilindi. Buyuk bobokalonimizning ba'zi nodir qo'lyozma asarlari ham bu institut olimlari tarafidan Turkiyadagi qo'lyozma fondlaridan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan edi.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti Istanbul Turkologiya instituti bilan yaqin ilmiy aloqalarda faoliyat olib bormoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.