Samarqand davlat universiteti va Holon texnologiyalar instituti (Isroil) hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tariladi

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi va Holon texnologiyalar instituti hamkorligida tashkil etilgan “Isroilda O‘zbekiston ilm-fani kunlari – xalqlar do‘stligini mustahkamlash yo‘lida” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish maqsadida Isroilda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Holon texnologiyalar instituti prezidenti, professor Eduard Yakubov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, mavjud aloqalarni yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Ma’lumot uchun Samarqand davlat universitetida Holon texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda ikki bakalavriat yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.