Bugungi kunda dunyoda asosiy trendga aylangan tushuncha bu IT. U bugungi kunda eng daromadli soha bo’lishi bilan bir qatorda, insoniyat uchun misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Jumladan, ta’lim tizimiga IT ko’nikmalari va u yordamida yaratilgan turli dastur va tizimlar keng miqyosda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda joriy etilmoqda. Ta’lim tizimida eng asosiy narsa bu - ko’rgazmalilik va shu orqali o’quvchi-yoshlarning bilim olishi hamda uni amaliyotda qo’llashi uchun Raqamli texnologiyalarning samarasi yuqori ekanligini ko’ramiz.

    Men ham 2019-yil iyun oyida dunyoning yetakchi univerisitetlaridan biri hisoblangan Yaponiyaning Tokyo shahridagi Kogakuin va Soko universitetlariga “Sacura sciense” almashinuv dasturi asosida borishga muyassar bo’ldim. Tashrifdan o’z oldimga Yaponiya ta’limidagi innovatsion texnologiyalar va raqamli texnologiyalarni o’rganish, ilmiy tadqiqot olib borayotgan soham doirasida yetakchi professor-o’qituvchilarning ilmiy faoliyati bilan tanishishni maqsad qilib olgandim.

    Yaponiyadagi ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish bilan integratsiya qilinayotganligi menda katta qiziqish uyg’otdi. Tokyo universitetlaridagi ilmiy labaratoriyalarida bo’lib robototexnika, sun’iy intellekt, neyron tarmoqlari, mashinali o‘qitish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy va texnik vositalarning ta’lim jarayonida xizmat qilayotganligini hamda samaradorligi yuqori darajaga olib chiqilganligini ko’rdim. Hattoki ushbu universitetlarda ta’lim tizimidagi boshqaruv jarayoni ham avtomatlashtirilgan.

    Kogakuin universitetidagi barcha auditoriyalar eshigiga “Participiant fingerprint and face recognation”, ya’ni darsga qatnashuvchilarni barmoq izi va yuz shakli bo’yicha tanib olish texnologiyasi o’rnatilgan. Ushbu texnologiya yordamida darsga kirayotgan talabalar va o’qituvchilarning davomatini avtomatik aniqlash mumkin. Talabalarning davomati hech qanday jurnal yordamida olinmaydi. Ma’ruza o’tiladigan auditoriyalarda esa smart doska, smart minbar, ovoz taqsimlovchi kolonkalar va har bir talabaga ko’rinib turish uchun 20-30 tagacha 52 dyumli monitorlar - oraliq masofasi yaqin qilib, xonaning tepa qismiga o’rnatilgan.

    Bundan tashqari, laboratoriyalar eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Kimyo, biologiya, fizika, IT laboratoriyalari ikki turga ajratilgan. Birinchisi haqiqiy jihozlar bilan jihozlangan bo’lsa, ikkinchi laboratoriya turida simulyatorlar - virtual labaratoriya dasturlarida o’quvchilar tajriba sinov o’tkazishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.

    Meni ajablantirgan narsa shundaki, Yaponiya ta’limida laboratoriya sharoitida yaratilgan har qanday innovatsiyalarni universitet moliyalashtiradi va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Bunga misol qilib iPhone telefonlari baterayasini suv o’tkazmaydigan, bir necha tonna yuk og’irligi tushganda ham sinmaydigan, zaryad quvvatini bir necha barobar ko’p saqlaydigan va nisbatan tezroq zaryad olish imkoniyatiga ega bo’lgan versiyasi tayyorlanib sinovdan o’tkazilyotganini guvohi bo’ldim. Bundan tashqari elektronika va sun’iy intellekt laboratoriyasida aqlli robot tayyorlanib, uning dasturiy vositalari yozilayotganini va yana bir laboratoriyada turli nuqtalariga chip o’rnatilgan kostyum yaratilib ushbu chiplar yordamida masofali tarzda inson yurishi usullari grafiklari chizilayotgani va harakat trayektoriyalarini chizish va tahlil qilish dasturi yaratilib sinovdan o’tkazilyotganiligini, tarix darsi esa 3D muzey simulyator dasturidan foydalanilgan holda     Meni eng quvontirgan holat Soka universitetida buyuk bobomiz - Hazrat Alisher Navoiyning 20 metrdan baland bo’lgan haykalini ko’rish bo’ldi.

    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, hozirda SamDU raqamli texnologiyalari fakulteti hamda SamDU da joylashga Yoshlar texnoparki hamkorlikda turli yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. O’ylaymanki, tez orada bu o’z samarasini ko’rsatadi.

Ibodullo Himmatov,

SamDU matematik modellashtirish kafedrasi doktoranti.