Grechixa donli ekinlar qatoriga kiradi. Hozirgi kunda uning fanga ma’lum bo‘lgan 5 ta turi aniqlangan. Grechixa bo‘yi 80-150 sm gacha boradi. Bir yillik turlar ichida faqatgina Tatar marjumagi begona o‘t tarzida uchraydi. Madaniy holatdagilari esa dehqonchilikda olimlarning bergan aniq faktlariga asoslanib miloddan avvalgi 3-3,5 ming yildan ortiq vaqt davomida ekib o‘stirilgan o‘simlik hisoblanadi. Gullar tarkibiga ko‘ra nihoyatda shiraga boy bo‘lganligi uchun ulardan asal ifori taralib turadi. Shu bilan bir qatorda 1 gektar maydonga ekilgan marjumakdan mehnatkash asalarilar o‘smlik hosildorligini oshirish bilan bir qatorda 50-60 kg gacha shifobaxsh asal hosilini yig‘ishtiradi.

    Grechixa o‘smligi issiqsevar bo‘lib, bahorgi ekin sifatida havo harorati -2 C 0 bo‘lgan holatlarda nihollar zararlanadi. Bahor mavsumida tayyorlab qo‘yilgan yerlarga oddiy qatorasiga yoki keng qatorlab ekiladi. Gul va don hosil qila boshlaganda sug‘orish kerak. Sug‘orish vaqtida qatorlar orasidagi ariqlardan nam qochmasligi kerak. Chunki havo harorati issiq quruq shamolli bo‘lgan mintaqalarda marjumak o‘simligi suv yetishmasligi tufayli gullarini to‘kib yuborishi yoki tuyulgan shinalardagi gullarning bir qismini puch bo‘lib qolishiga va hosildorlikning tushib ketishiga olib keladi. Biokimyoviy jihatdan 12-14% oqsil, 59-62% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2.5-2.7% moy bor va temir, kalsiy, kaliy kabi mikroelementlarni ham ko‘rish mumkin. Quyidagi davlatlar: Rossiya, Xitoy, Ukraina, Fransiya, Polsha, Qozog‘iston, AQSH, Braziliya, Litviya, Latviya, Yaponiya kabi mamlakatlardir. Hozirgi kunga kelib Rossiya marjumak yetishtirishda dunyoda yetakchlik qiladi.

    Mamlakatimiz donli ekinlarga ajratilgan maydonlar jumlasidan bug‘doy keng ko‘lamda ekiladi. Bug‘doy yig‘ishtirib olingandan so‘ng ekin maydonlari bo‘shab qoladi. Grechixani bug‘doy dalalaridan bo‘shagan yerlarga ikkilamchi takroriy ekin sifatida bemalol ekib yetishtirish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bir urug‘pallalilarga kiruvchi bug‘doy ekini tuproqdagi barcha mikro-makro o‘gitlarni so‘rib oladi va tuproq unumdorligini pasaytiradi. Takroriy ekin sifatida ekilgan marjumak esa dalaning fitosanitar holatni barqarorlashtiradi. Shu bilan bir qatorda marjumak o‘simligining poyalari yig‘ib olingandan so‘ng haydab yuborilganda tabiiy biologik chirindi hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari ayni vaqtda dunyo aholisi sonining keskin ortib borayotganligi shu bilan birgalikda aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun marjumak kabi o‘simlilarni respublikamizda keng ko‘lamli ekish jarayonlarini amalga oshirish kerak. Lekin mamlakatimizda marjumak yetishtirish anchagina vaqt va tajriba talab qiladi. Grechixa hosildorligiga ekish me’yorlarining ta’siri grechixa yetishtirishda ekish me’yorlarini nav hamda tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, eng maqbul me’yorlarini joriy qilish yuqori hosil olishning muhim omili hisoblanadi.

 

Gulnoza Ortiqova

Samarqand davlat universiteti

Biologiya fakulteti magistri