Samarqand davlat universiteti talabalari “Anglia Examination” dasturi asosida ilk bor ingliz tilini bilish darajasini sinovdan o’tkazishmoqda…

Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi dotsentlari Shahnoza Xushmurodava va Komila Mahkamovalar xorijiy til va adabiyot yo’nalishi talabalaridan “Anglia Examination” dasturi asosida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun eksperemental testlar o’tkazdi. Ushbu imtihon sinov tariqasida olinib, O’zbekistonda birinchi bor qo’llanilmoqda.
Bunda talabalar Placement web dasturi orqali o’qish, eshitish, grammatika va lug’at boyligi bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Dastur onlayn tarzda Agliyaning Chechestr kollejiga ulangan bo’lib, natijalari xorijlik mutaxassislar tomonidan baholandi.
Eng asosiysi, talabalar olgan natijasiga qarab “Anglia Examination” dasturi asosida 4 oygacha bepul o’qitiladi va ikkinchi marta qayta imtihon topshirishga ruxsat beriladi. Agar ushbu dastur o’zini oqlasa O’zbekiston bo’yicha keng tatbiq qilinishi rejalashtirilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.