Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakultetida “Germaniya universitetlari haftaligi” doirasida seminar darsi o’tkazildi…
Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakultetiga Sharq Yevropa taʼlim instituti dekani, professor Theocharis Grigoriadis va iqtisodiyot sohadagi dasturlar bo’yicha masʼul xodimi Pioter Laris tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov kutib oldi.
Tashrifdan asosiy maqsad “Germaniya universitetlar xaftaligi” doirasidagi seminar o’tkazish, xalqaro hamkorlik aloqalari bo’yicha kelishuvlarga erishishdir.
Tadbirda xorijlik mutaxassislar DAAD jamg‘armasining dasturlari, uning tanlovlarida ishtirok etish, afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, kelajakda Samarqand davlat universitetida Germaniya madaniyat markazini ochish tashabbusi bilan chiqdi.
Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot ishlarida professor-o’qituvchi va kadrlar almashinuvi dasturlarni yo‘lga qo‘yish, yozgi maktablarni ochish bo’yicha kelishib olindi.
Suhbat davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.