Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi doktoranti Dilnoza Isoqova “Modifikatsiyalangan screen-printed elektrodlar yordamida tabiiy va biotexnogen obyektlarning voltamperometriyasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ilmiy rahbari Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi professori Sergey Aronbayev. Tadqiqotchining shu kunga qadar kimyo sohasiga oid 20 dan ortiq maqolalari respublika va xalqaro nashrlarida, jumladan Scopus bazasida indekslanadigan jurnallarda chop etilgan.

    – Hozirgi kunda oziq-ovqat va farmasevtik preparatlarning kimyoviy tarkibini monitoring qilish muhim ahamiyat kasb etadi,  - deydi tadqiqotchi Dilnoza Isoqova, - Shu boisdan, bugungi kunda kimyo sohasida inson salomatligiga atrof-muhit va oziq-ovqatlarning ta’sirini baholash, moddalar tarkibidagi zararli moddalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Voltamperometriya usullari moddalarni sifat va miqdor jihatdan tekshirish, ularning tuzilishi va reaksiyalari mexanizmini o‘rganishda samarali bo‘ladi. Bu borada kafedra olimlari bilan birgalikda ishlab chiqqan voltamperometrik tahlil uchun sezgir elektrod foydali modelimiz intellektual mulk agentligi tomonidan patetlandi. Ushbu elektrod orqali moddalar tarkibini tekshirish mumkin. Ayni paytda oziq-ovqatlar tarkibidagi zararli moddalarni aniqlashda mazkur elektroddan samarali foydalanilmoqda.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.