Samarqand davlat universitetida Oltoy davlat universitetining markazi ochildi…
Samarqand davlat universitetiga Oltoy davlat universiteti prorektori Roman Raykin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov va bo’lim boshlig’i Muxtor Nosirov qabul qildi.
Bundan asosiy maqsad, Samarqand davlat universitetida Oltoy davlat universiteti markazini ochish va xalqaro hamkorlik masalalarini yanada rivojlantirishdir. Markaz 4 ta boʻlim: oltoyshunoslik va turkiy tadqiqotlar markazi, geografik axborot tizimlari markazi, rus tili va madaniyatini targʻib qilish metodik markazi, Markaziy Osiyodagi ekotizimlar, qurgʻoqchil hamda togʻli yerlarda yashovchi artropodlar sistematikasi va faunasi laboratoriyasidan iborat.
Shuningdek, SamDU olimlari va Oltoy davlat universiteti professor-o’qituvchilari Larisa Nexvyadovich, Sergey Grushin, Lidiya Dmitriyevalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi va tomonlar o’rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.