Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetiga Moskva davlat universiteti professorlari, Rossiya geografiya jamiyati a'zolari Aleksandr Danshin hamda Mariya Goryachko boshchiligidagi talabalar tashrif buyurdi.

    Tashrifdan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, SamDU tadqiqotchilar faoliyati bilan tanishishdir. 

    Samarqand davlat universiteti professori Subxon Abbosov delegatsiya a’zolariga O’zbekiston geografiya jamiyati va uning faoliyati haqida haqida ma’ruza qildi. 

    Shuningdek, O’zbekiston va Rossiya geografiya jamiyati hamkorlikda ekspeditsiyalar uyushtirish va ilmiy loyihalar bajarishga kelishildi.        

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.