Samarqand davlat universitetida mazkur masalaga bag'ishlangan seminar o’tkazildi…

    2023-yil 8-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarni obod qilish va aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishda, quyosh panellarini o‘rnatish ham energetika tizimi uchun, ham oilalar uchun manfaatli bo‘lishini bildirgan edi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida oʻtkazilgan onlayn yigʻilishda quyosh panellari oliy ta'lim muassasasi yillik elektr energiya sarfining kamida 70 foizini qoplashi lozimligini ta’kidlab, mas’ullarga tavsiyalar berdi.

    Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oliy ta’lim muassasalariga quyosh panellarining o’rnatilishi bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Samarqand davlat universitetiga Toshkent davlat texnika universiteti professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruh tashrif buyurib, quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyani muqobillashtirish masalalari bo’yicha seminar o’tkazdi. Tadbirda viloyatdagi 14 oliy ta’lim muassasa vakillari ishtirok etdi.  Suhbat davomida mutaxassislar quyosh panellaridan foydanilishda yuqori samaradorlikni oshirish bo’yicha o’zaro fikr va tajriba almashishdi.

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.