Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab “Kim yor anga ilm tolibi – ilm kerak” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchi va talabalari, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.

    Konferensiyada SamDU filologiya fakulteti olimlari “Zahiriddin Muhammad Boburning qiyoslash uslubi”, “Sharq va g‘arb svilizatsiyasida Bobur ijodining o‘rni”, ““Boburnoma”da Samarqand tasviri” mavzulari bo’yicha ma’ruza qildi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.